xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni davlat universitetiga faqat yozda ko‘chirish mumkin

23-noyabr 15:37
Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni davlat universitetiga faqat yozda ko‘chirish mumkin

Nodavlat yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.

Qishki davrda esa faqat davlat OTMlari uchun 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi:

➖talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;

➖ davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalar 20-dekabrdan 20-yanvar kuniga qadar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi.