xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvotalarning taqsimoti

11.07.2023 12:34
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvotalarning taqsimoti

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish uchun ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti asosida 2 000 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan.

Ushbu kvotalar hududlar va yo‘nalishlar kesimida taqsimlangan bo‘lib, yuqoridagi rasm orqali ularning taqsimoti bilan tanishish mumkin.

Bunda “Aniq va tabiiy fanlar”, “Texnika fanlari” va “Tibbiyot fanlari” uchun kvotalar alohida ajratilgan bo‘lib, qolgan kvotalar boshqa yo‘nalishlar uchun amal qiladi.

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratilgan kvota kunduzgi ta’lim shakli uchun 1-ta’lim yo‘nalishiga amalga qiladi. Boshqa ta’lim shakllari va 2-5-ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘llanmaydi.

Ushbu taviyanomaga ega xotin-qizlar qaysi OTMga ro‘yxatdan o‘tganidan qat’i nazar doimiy yashash hududidan kelib chiqib tanlovda ishtirok etadi.