xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xususiy OTMlar yopilsa talabalar nima qilishi kerak?

11-mart 14:59
Xususiy OTMlar yopilsa talabalar nima qilishi kerak?

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov nodavlat OTMlar ichida yurisprudensiya yo‘nalishi Kasaba uyushmalari akademiyasida borligini, agar u yerda talabalar qabul qilish sig‘imi yetmasa, ular davlat yuridik yo‘nalishida o‘qitadigan OTMga test topshirishga majbur bo‘lishini bildirdi.

Lekin talaba davlat OTMga test topshirib, testdan o‘tolmasa, uning taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savolga oydinlik kiritilmadi.

Bu shuni anglatadiki, nodavlat OTMdan davlatnikiga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar "perevod" talablari bo‘yicha test topshirib, undan o‘tsa, OTMga qabul qilinadi.