xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yaponiyada darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsda qatnashadi

19-sentabr 12:39
Yaponiyada darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsda qatnashadi

Yaponiyaning Kumamoto shahrida darsga kelmagan o‘quvchilarni qiziqtirish uchun ularning o‘rniga robotlar darsda qatnashishi loyihasi ishlab chiqildi.

1 metrlik robotlar partada o‘quvchi o‘rniga o‘tiradi. Ularda planshet mavjud, noutbuk orqali uyida o‘tirgan o‘quvchi bemalol darsda qatnashadi, boshqa o‘quvchilar bilan muhokamalarda qatnashishi mumkin.

Havasingiz kelib ketdimi? Agar bizda ham robotlarni o‘ringa-o‘rin yuborishga ruxsat berishsa, sinfda o‘quvchi qolarmikin? Nima deb o‘ylaysiz?