xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz?

30-aprel 10:04
Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz?

Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • davlat huquqiy faoliyat;
  • yuridik xizmat;
  • sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.