xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yuridik texnikumlarning 2 yil o‘qiganda beriladigan diplomi bilan qayerda ishlash mumkin?

12-avgust 10:15
Yuridik texnikumlarning 2 yil o‘qiganda beriladigan diplomi bilan qayerda ishlash mumkin?

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlari mavjud. Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • davlat huquqiy faoliyat;
  • yuridik xizmat;
  • sud-huquqiy faoliyat.

O‘qishga kirish uchun hujjatlar Bilimni baxolash agentligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yuridik texnikumlar bitiruvchilari notarius yordamchisi, FHDYO bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamchisi va davlat ijrochisi kabi 89 ta mutaxassislikda ishlashlari mumkin bo‘ladi

O‘qish muddati 2 yil.