xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

11-noyabr dam olish kunimi?

08-noyabr 10:18
11-noyabr dam olish kunimi?

11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida e’lon qilish to‘g‘risidagi qonun hali imzolangani va kuchga kirgani yo‘q.

Shu sababli hozircha 11-noyabr ish kuni hisoblanadi, dam olish kuni emas.

Joriy yilda 11-noyabr shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, ushbu kun 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun esa ish kuni bo‘ladi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:

  • 1-yanvar – Yangi yil;
  • 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
  • 21-mart – Navroʻz bayrami;
  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
  • 1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
  • 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
  • Ramazon hayitining birinchi kuni;
  • Qurbon hayitining birinchi kuni.

Manba: Xushnudbek.uz