xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yil nega kam abituriyent hujjat topshirdi?

27-iyun 05:46
Bu yil nega kam abituriyent hujjat topshirdi?

Bu yil abituriyentlar soni 1 mln ga yetmadi. Jami 894 279 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Sabab nima bo‘lishi mumkin?

Bu yil amal qiladigan yangi tartib - balli yuqori bo‘lgan abituriyentlar o‘rtasida eng birinchi grant taqsimlanishi tavakkalchi abituriyentlarni hujjat topshirib o‘tirmaslikka undagandir. Bu yangi tartib ko‘plab abituriyentlarning hujjat topshirishga bo‘lgan qiziqishini kamaytirgan bo‘lishi mumkin.

Avvalgi yillarda abituriyentlar soni

  • 2023-yilda: 1 mln 18 ming abituriyent
  • 2022-yilda: 1 214 232 nafar
  • 2021-yilda: 948 ming nafar
  • 2020-yilda: 1 484 085 nafar
  • 2019-yilda: 1 066 925 nafar
  • 2018-yilda: 675 049 nafar
  • 2017-yilda: 729 950 nafar
  • 2016-yilda: 663 304 nafar

Bu yilgi abituriyentlar sonining kamayishiga ta’sir qilgan boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Sizningcha, yana qanday sabablar bo‘lishi mumkin?