xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023-yildan ba’zi toifa talabalarning kontraktini davlat to‘lab berdi

2.01.2023 18:50
2023-yildan ba’zi toifa talabalarning kontraktini davlat to‘lab berdi

PQ-289-sonli Prezident qaroriga binoan, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi;
  • tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.