xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

50,6 ming xotin-qiz o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma oldi

23-iyun 11:12
50,6 ming xotin-qiz o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma oldi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 2 000 ta grant o‘rni va 500 ta kontrakt kvota uchun tavsiyanomaga ariza topshirgan xotin-qizlarning telefoniga tavsiyanoma berish-bermaslik haqida xabar yuborilganini bildirdi

Bu yil 38,7 ming ehtiyojmand xotin-qiz tavsiyanoma oldi. Ular 2 mingta grant kvota uchun harakat qiladi. Bu grant uchun kerakli ball yig‘olmaganlar hamma qatori umumiy tanlovda qatnashadi.

5 yillik stajlilar uchun ajratilgan qo‘shimcha 500 ta kontrakt kvota uchun esa 11,9 ming odam tavsiyanoma olgan.

Hozir tavsiyanoma ma’lumotlari elektron bazaga kiritilyapti.