Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari natijasi qachon chiqishi ma’lum qilindi
![Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari natijasi qachon chiqishi ma’lum qilindi](https://static.xtest.uz/crop/3/8/832__85_3868187532.jpg?t=1676646525)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
2023-yil 9-fevral kuni fevral oyida o‘tkazilishi belgilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boshlangan edi. Test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.
Bunda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Test natijalari 23-fevral kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.