xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

9-sinflarga matematika fanidan attestatsiya qanday bo‘lishi aniq bo‘ldi

29-may 12:59
9-sinflarga matematika fanidan attestatsiya qanday bo‘lishi aniq bo‘ldi
  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlandi
  • Bunda o‘quvchilar 5- va 7- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi.

Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi.Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar.

Bilet savollarigajavob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.