xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yil yuridik universitetlarga "perevod" uchun qaysi fandan imtihon olinadi?

01-iyul 19:27
Bu yil yuridik universitetlarga

O‘qishni ko‘chirish imtihonida bir yil oldingi qabulda yo‘nalishlarga qaysi fanlardan imtihon olingan bo‘lsa, aynan shu fanlardan imtihon olinadi.

Masalan, yuridik yo‘nalishlarga 2022/2023-yilgi qabulda tarix va ingliz tilidan imtihon olingan. Va tartib bo‘yicha bu yilgi "perevod"chilar uchun tarix va ingliz tilidan imtihon olinishi kerak. Huquqshunoslik fanidan emas.

Lekin hali 15-iyulgacha Oliy ta’lim vazirligi qaysi yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishda qaysi fandan imtihon olinishini alohida e’lon qiladi. Shuning uchun eng anig‘ini vazirlik e’lonidan bilish mumkin.