2023-yilda davlat grantlari soni keskin oshiriladi
![2023-yilda davlat grantlari soni keskin oshiriladi](https://static.xtest.uz/crop/6/6/832__85_662159389.jpg?t=1671564008)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ma’lum qilinishicha, 2023-yilda davlat grantlari uchun 130 ming kvota ajratiladi. Bu 2022-yilgidan 30 mingga koʻproq degani.
Kasb-hunar taʼlimi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi. Kelasi 5 yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi.