xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“IELTS” yoki "CEFR" sertifikatlaridan birini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

05-iyun 23:06
“IELTS” yoki

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Zomin tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.M. fuqaro Y.Q. ga tanishlari yordamida “IELTS” yoki "CEFR" sertifikatlaridan birini olib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.