IT Park va Ucell tomonidan startaplar uchun korporativ akselerator
![IT Park va Ucell tomonidan startaplar uchun korporativ akselerator](https://static.xtest.uz/crop/4/0/832__85_4054125160.jpeg?t=1635580875)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
IT Park Ucell bilan hamkorlikda o‘z loyihalarini amalga tatbiq etish va to‘laqonli kompaniya darajasigacha rivojlantirish maqsadida bo‘lgan startaplar uchun akselerator tashkil etmoqda.
Akselerator startaplarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Ucell yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek O‘zbekistondagi ilg‘or tadbirkorlar tomonidan sohaviy ekspertiza;
- Qo‘llab-quvvatlash sifatida Ucell tomonidan texnik baza;
- Hamkorlik uchun keng tanlovlar;
- Startap rivojlanishida yordamchi vazifasini o‘tovchi shaxsiy treker;
- Kuchli jamoatlar yordamida bebaho netvorking hamda mutlaqo bepul dasturlarga ega bo‘lasiz.
Akseleratorda ishtirok etish uchun jamoalarni tanlashda qanday mezonlar mavjud?
- G‘oyaning o‘ziga xosligi;
- Mahsulotning afzalligi;
- Mavjud texnologiyalar yordamida g‘oyani amalga oshirish qanchalik osonligi;
- Jamoa a’zolarining zarur kasbiy ko‘nikmalarining mavjudligi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga kiring.
Akselerator haqida batafsil ma’lumot shu yerda berilgan.