xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi

16-may 16:04
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi

Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e’lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi.

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi.

Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.