xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Magistratura uchun qanday til sertifikatlari kerak bo‘ladi?

01-iyul 18:43
Magistratura uchun qanday til sertifikatlari kerak bo‘ladi?

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati

Nima o‘zgarishlar bor?

Yangi ro‘yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan o‘zgarish bo‘ldi.

Olib tashlandi:

  • Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill
  • Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)
  • Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)

Qo‘shildi:

  • Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus

Yangi ro‘yxat tasdiqlangunga qadar (2023-yil 23-mart) olingan hamda amal qilish muddati tugamagan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 2023/2024-oʻquv yili qabulida inobatga olinadi.