Maktab bitiruvchilari bog‘chada ishlashi mumkin bo‘ladi
![Maktab bitiruvchilari bog‘chada ishlashi mumkin bo‘ladi](https://static.xtest.uz/crop/3/7/832__85_3752641656.jpg?t=1714475845)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi.
Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.