Maktablarda qiz va o‘g‘il bolalarga qaysi fanlar alohida o‘qitiladi?
22.04.2023 22:54
![Maktablarda qiz va o‘g‘il bolalarga qaysi fanlar alohida o‘qitiladi?](https://static.xtest.uz/crop/2/1/832__85_2126836256.jpg?t=1682186069)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
- o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — IX sinflarida «Chet tili» fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
- V — IX sinflarda «Informatika» va «Mehnat ta’limi»;
- VIII — IX sinflarda «Jismoniy tarbiya»; ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — IX sinflarida «O‘zbek tili» fani;
- ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — IX sinflarida «Rus tili» fani bo‘yicha.
Guruhlarni alohida qiz va o‘g‘il bolalarga bo‘lib darslarni o‘tish ko‘zda tutilmagan.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Bu yil 14,2 ming bitiruvchi oltin va kumush medal oldi
21-iyun 17:57
Bitiruvchilar ID-karta olishlari shart!
31-may 01:26