xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Milliy sertifikat imtihonlari faqat abituriyentlar uchunmi?

26-may 00:05
Milliy sertifikat imtihonlari faqat abituriyentlar uchunmi?

Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.

Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.

Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.

Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, 100% lik natijadan kamida 80% natija qayd etgan xalq taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlar 3 yil davomida oyligiga 20% ustama qoʻshiladi.