xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qituvchilar qancha q’shimcha ustama pul olishi mumkinligi aytildi

26-aprel 13:12
O‘qituvchilar qancha q’shimcha ustama pul olishi mumkinligi aytildi

Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida ma’lum qilindi:

Xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga bazaviy ta’rif stavkalariga nisbatan:

➖ oltin medal uchun 200 foiz,

➖ kumush medal uchun 175 foiz

➖ bronza medali uchun 150 foiz

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 150 foiz,

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 100 foiz,

👉 tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga ta’rif stavkalariga nisbatan – 50 foiz,

👉 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga ko‘ra – 50 foiz,

👉 kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining – 5.5 barobari,

👉 fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga – 50 foiz,

👉 chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga – 50 foiz ustamalar beriladi.