xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Perevod” bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

08-iyul 09:13
“Perevod” bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Jadvaldan ko‘rish mumkinki, o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan deyarli farq yo‘q. Faqat 2 ta yo‘nalishda o‘zgarish bo‘lgan:

🔻 Veterinariya — 60 ball (o‘tgan yili 80 ball edi);🔺 Transport xizmati — 104 ball (o‘tgan yili 94 ball edi).

Yuqoridagi o‘tish ballari quyidagilarga taalluqli:

  1. xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga;
  2. yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga.

O‘qishni ko‘chirishda o‘tish ballarini o‘tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o‘tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo‘lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo‘lsa kerak.

ESLATMA: o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.