xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qishki taʼtil uzaytirilishi bilan bogʻliq asosiy xabarlar

9.01.2023 09:38
Qishki taʼtil uzaytirilishi bilan bogʻliq asosiy xabarlar
  1. taʼtil 17-yanvarga qadar uzaytirildi, dars mashgʻulotlari 18 yanvardan boshlanadi;
  2. bogʻchalarda 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari taʼtil beriladi;
  3. avia va temir yoʻl chiptalariga 50% chegirma muddati ham 18 yanvarga qadar uzaytirildi;
  4. 9-yanvargacha chegirmada olingan biletlar bepul almashtirib beriladi, qoʻshimcha reyslar qoʻyiladi;
  5. uzaytirilgan taʼtil davrida pedagog va boshqa xodimlarning ish haqi saqlanib qoladi;
  6. byudjet tashkilotlari farzandi bogʻchaga boradigan ayol xodimlarning ish haqini saqlagan holda ish vaqtini qisqartiradi;
  7. nodavlat, xususiy va xorijiy taʼlim muassasalarining filiallariga ham taʼtilni uzaytirish tavsiya etildi;
  8. taʼtil vaqtida oʻquvchilarni toʻgarak yoki biror tadbir sabab maktabga chaqirish qatʼiy taqiqlanadi;
  9. taʼtil vaqtida bogʻcha toʻlovlari toʻlanmaydi.