xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz necha kun dam olishadi?

14-iyun 16:02
Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz necha kun dam olishadi?

Qurbon hayiti kuni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Hayit 16-iyunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:

  • 15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;
  • 16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;
  • 17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
  • 18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).