xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi

29-iyun 20:09
Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi.

Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?

  1. Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) - International Mathematical Olympiad
  2. Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) - International Physics Olympiad
  3. Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) - International Chemistry Olympiad
  4. Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) - International Biology Olympiad
  5. Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) - International Olympiad in Informatics

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi. Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Respublika fan olimpiadalari

Respublika fan olimpiadasida sovrindor bo‘lganlarga o‘sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo‘lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo‘lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o‘zi ishlashi kerak bo‘ladi.

Xulosa

Joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o‘zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to‘liq o‘qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi.

Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to‘liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to‘plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o‘zlashtirishiga qaraladi.

Manba: Telegram