Xususiy universitetning faoliyati qonuniyligini qanday tekshirish mumkin?
![Xususiy universitetning faoliyati qonuniyligini qanday tekshirish mumkin?](https://static.xtest.uz/crop/7/0/832__85_704888369.jpg?t=1688217558)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Nodavlat OTMlarning litsenziyasi haqiqiyligini license.gov.uz saytiga kirib tekshirish mumkin. Saytning "Reestr" bo‘limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami kiritilsa, chiqib keladi.
Shu bilan birga, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga binoan, davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat OTMlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni (diplom) beradi.