xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi

31-may 17:36
Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi

Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda:

Eng avvalo, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.

Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlanadi.

Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshiriladi.

Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi.

Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.

Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.