xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yutuqqa erishgan va kichik kurs talabalariga yotoqxonaga joylashishda imtiyoz berilishi rejalashtirilgan

01-may 09:59
Yutuqqa erishgan va kichik kurs talabalariga yotoqxonaga joylashishda imtiyoz berilishi rejalashtirilgan

Hukumat qarori loyihasi ga koʻra imtiyozli roʻyxatga kiradigan talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyi umumiy sigʻimining 7 foizgacha bunda, 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida:

  • xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan Respublika miqyosdagi fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
  • “Yil talabasi” koʻrik tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi);
  • talabalar turar joyida doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari;
  • “Zakovat” intellektual oʻyinlari Respublika bosqichi gʻoliblari;
  • talabalar teatr studiyalari tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari;
  • yozgi taʼtil davrida yoshlar mehnat otryadi tarkibida talabalar turar joylarini taʼmirlashda ishtirok etgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

Mazkur roʻyxatga kiritilgan talabalar oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan holda maxsus axborot tizimiga kiritiladi.

Bir qancha imtiyoz guruhiga kiruvchi talabalarning ustunligi boʻyicha yuqori imtiyoz inobatga olinadi.

Umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyiga qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1- kurs talabalari uchun 55-65 foizi;
  • 2- kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
  • 3 kurs talabalari uchun 5-10 foiz;
  • bitiruvchi kurs (4-va undan yuqori kurslar) talabalari uchun 5 foizgacha ajratiladi.