xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023-yilgi kirish imtihonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

20-may 14:28
2023-yilgi kirish imtihonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
  1. Bu yilgi test sinovlari uchun 30 mingdan oshiq yangi test savollari tayyorlandi;
  2. Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50% gacha kamaytirildi;
  3. Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko‘rsatkich 70 mingga yaqin ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda. (7 barobar oshgan)
  4. Bugungi kunda 48 ta imtiyoz turi mavjud bo‘lib, uzbmb.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin;
  5. Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyent 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak;
  6. 1-fani xorijiy tili ijodiy bo‘lgan ta’lim muassasalarida Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 4 ta ko‘nikma bo‘yicha imtihon olinadi;
  7. Har bir abituriyent natijasi 24 soatda e’lon qilinadi va abituriyent shaxsiy kabinetida shakllanadi;
  8. Bu yilgi test sinovlar yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi;
  9. 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.
  10. Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.
  11. Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o‘tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta’minlanadi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Majid Karimov