xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu ishlarni qilsangiz siz hech qachon imtihonda hayajonlanmaysiz

18-may 10:41
Bu ishlarni qilsangiz siz hech qachon imtihonda hayajonlanmaysiz

Quyida siz bilan hayajonni yengish haqida suhbatlashamiz. Axir, tez orada imtihonlar boshlanadi

O‘ziga ishonch.

Agar sizda ishonch yuqori bo‘lsa, hayajonlanish kamayadi, gap-so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib gapirasiz, fikrlaringizni onson bayon eta olasiz.

Xotirjamlik.

Atrofdagilar ham siz kabi oddiy inson ekanligini his qilishingiz, sizni xotirjam bo‘lishingizga imkon yaratadi.

A’lo darajadagi tayyorgarlik.

O‘zingizni qo‘lga oling. Omma oldiga so‘zga chiqishdan avval yaxshilab tayyorgarlik ko‘ring. Gapirmoqchi bo‘lgan gaplaringizni tahlil qiling. Sizga berilishi mumkin bo‘lgan savollarga ham tayyorgarlik ko‘ring. Maruza qilayotgan vaqtingizda tinglovchilarning ko‘zlariga emas balki, peshona qismiga qarang. Chunki inson ko‘zlarida hissiyotlari aks etgan bo‘ladi. Bu esa sizni hayajonlanishga olib kelishi mumkin.

Tasavvur.

Maruza vaqtida tinglovchilarni bilimsizroq tasavvur qiling. Bu degani ular bilimsiz degani emas. Sizdek bu mavzuni hech kim bilmaydigandek, bu mavzuni faqat o‘zingiz mukammal biladigandek tasavvur qiling. Shunda o‘zingizga ishonch yuqori bo‘ladi.

Ko‘zgu bilan mashq qilish.

Davralarda so‘zlashga hayajonlansangiz, ko‘zgu oldiga boring va so‘zlashingiz kerak bo‘lgan matnni ko‘zguga qarab gapiring. Bu ravon so‘zlashga katta foyda beradi.

Nafas olish mashqi.

Hayajonlangan vaqtingizda chuqur nafas oling va asta-sekin nafas chiqaring. Bu mashqni 10 marotaba bajaring. Shunda siz ancha tinchilanasiz.

Qo‘l terisini chimchilash.

Bu usul samarali foyda beradi. Chunki og‘riq hayajonni unitishingizga yordam beradi.