xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi oʻqishga hujjat topshirayotganda talabalarning turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati ham yaratiladi

29-aprel 14:07
Endi oʻqishga hujjat topshirayotganda talabalarning turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati ham yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra,

  • 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
  • Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

Oʻquv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YAIDXP) orqali murojaat qiladilar.