xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi

03-iyul 07:56
Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatma: Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.