xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yangi o‘quv yilidan sinf rahbarlari bilib olishi kerak

30-iyun 01:24
Yangi o‘quv yilidan sinf rahbarlari bilib olishi kerak

O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari o‘quvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

  1. Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;
  2. O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;
  3. Ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;
  4. Tibbiy ma’lumotnoma;
  5. Baholar tabeli (10-11-sinf o‘quvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma).

Sinf rahbarlari uchun talablari

  • Yig‘ma jild yuritilishi: O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har o‘quv yili boshida xatlovdan o‘tkaziladi.
  • Saqlanish muddati: O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jild hujjatlari o‘quvchi maktabni tamomlaganidan so‘ng 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.