xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralar o‘rnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi

30-iyun 07:37
2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralar o‘rnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash va o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida "Xavfsiz maktab" tizimi joriy qilinadi. Bu haqda "2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur"da nazarda tutilgan.

"Xavfsiz maktab" loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar:

  • Moliyalashtirish manbalari aniqlanadi: Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga "Xavfsiz maktab" loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
  • 130 ta maktabda loyiha joriy etiladi: 2024 yil 1 yanvarga qadar "Xavfsiz maktab" loyihasi kaminida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida joriy etiladi.
  • Barcha maktablarda tizim joriy etiladi: 2025 yil 1 sentyabrga qadar "Xavfsiz maktab" loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

"Xavfsiz maktab" tizimining asosiy maqsadlari:

  • Xavfsizlikni ta’minlash: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash.
  • Davomat monitoringi: O‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish.